Gonkongning Tay Po tumani, Yangi hududlarda kamida 44 kishining hayotiga zomin bo‘lgan turar-joy majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in shahar tarixidagi eng halokatli turar-joy yong‘ini bo‘ldi.
Bu haqda South China Morning Post (SCMP) nashri xabar berdi.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda qurbonlar soni bo‘yicha oldingi eng halokatli yong‘in 1996 yilda Garli binosida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘lib, 41 kishi halok bo‘lgan va 81 kishi jarohatlangan.