Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Gonkong polisiyasi turar-joy binosidagi yong‘inga aloqadorlikda ayblangan uch kishini hibsga oldi

Gonkong polisiyasi turar-joy binosidagi yong‘inga aloqadorlikda ayblangan uch kishini hibsga oldi

Gonkong polisiyasi Wang Fuk Court turar-joy majmuasida sodir bo‘lgan halokatli yong‘inga aloqadorlikda gumon qilingan uch nafar shaxsni hibsga oldi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

"Polisiya yong‘inga aloqador odam o‘ldirishda gumon qilingan uch kishini hibsga oldi", — deyiladi maqolada.

Gumonlanuvchilarni so‘roq qilish davom etmoqda, voqea haqida batafsil ma’lumot keyinroq xavfsizlik brifingida beriladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gonkongdagi yong‘in qurbonlari soni 44 kishiga yetdi.

26 noyabr kuni sodir bo‘lgan yong‘in ko‘p qavatli turar-joy binolarini qamrab olgan. Majmua aholisining 279 nafari bedarak yo‘qolgan. Bundan tashqari, 45 nafar yarador shifoxonalarga yetkazilgan, ulardan yetti nafarining ahvoli og‘ir.

Kiritildi: 10:10 27.11.2025. O'qildi: 687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!