Agentlikning xabar berishicha, hodisa bugun, 20 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:50 da sodir bo‘lgan. Samolyot Dubaydan uchib kelgan.
Flightradar24 xizmatining ma’lum qilishicha, u Turkiyaning AirACT aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747 samolyoti bo‘lib, Emirates uchun yuk reysini bajarayotgan edi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, samolyot yerusti transport vositasi bilan to‘qnashgan.
Mashina ichida bo‘lgan ikki kishi dastlab bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan biri halok bo‘lgan, ikkinchisi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, ammo u ham ko‘p o‘tmay vafot etgan. Yuk samolyoti ekipaji tarkibidagi 4 kishi jabrlanmagan.