Gollivud kinoindustriyasi pandemiyadan keyingi eng muvaffaqiyatli yozgi mavsumni o‘tkazdi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil may-avgust oylarida Shimoliy Amerika kinoteatrlarida chipta savdosidan tushgan mablag‘ 4,6 mlrd dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26 foiz ko‘p.
Natijaning o‘sishida "Spider-Man: Brand New Day", Kristofer Nolanning "The Odyssey" filmi va Pixar'ning "Toy Story 5" animasion kartinasi kabi yirik premyeralar muhim rol o‘ynadi. Shu bilan birga, "Backrooms", "Obsession" va "The Devil Wears Prada 2" kabi filmlar ham tomoshabinlarni kinoteatrlarga jalb qildi.
Ayniqsa, yoshlar va ayollar auditoriyasining kinoteatrlarga faol qaytgani industriya uchun muhim signal bo‘ldi. IMAX ham tarixidagi eng yaxshi kassa natijalaridan birini qayd etgan, bunda "The Odyssey" katta hissa qo‘shgan.
Mutaxassislar 2026 yil yakunida AQSh va Kanadada umumiy kino kassasi 10 mlrd dollarlik marradan o‘tishi mumkinligini prognoz qilmoqda. Oldinda esa "Avengers: Doomsday" va "Dune: Part Three" kabi yirik premyeralar bor.