Netflix va Paramount kompaniyalari o‘rtasida Warner Bros. uchun kurash keskinlashayotgan bir paytda, Gollivudda kino va seriallar bilan bog‘liq kompaniyalar aksiyalari jadal sur’atlarda qulamoqda. Ilgarigi yirik industriya gigantlari o‘z qiymatining o‘nlab foizini yo‘qotmoqda, ayrim kompaniyalar esa bozordan butunlay chiqib ketish xavfi ostida qolgan.
Tahlilchilarning fikricha, kino va ko‘ngilochar industriya chuqur inqirozni boshdan kechirmoqda va u hali to‘liq qayta shakllanish bosqichiga ham kirmagan. Bozorga moslashish jarayoni oldinda turibdi.
Biroq bu vaziyatdan nafaqat yirik korporasiyalar, balki xususiy investorlar ham foyda ko‘rishi mumkin. Mutaxassislar bunday holatda «eng yaxshisini chegirmada sotib olish» tamoyili ishlashini ta’kidlamoqda.
RBK tahririyati Gollivud hozirgi paytda investorlarga qaysi sifatli aksiyalarni taklif qilishi mumkinligini o‘rganib chiqdi.