Gollandiyalik badiiy asarlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi dedektiv Artur Brand Pablo Pikassoning yo‘qolgan suratini topdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Asar 1999 yilda Saudiya shayxi yaxtasidan o‘g‘irlab ketilgan va qora bozorda qo‘lda-qo‘lga o‘tib pullab borilgan. Oxirgi marta esa uni bu haqda hammaga ma’lum qilgan tadbirkor sotib olgan.
Asarning qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi, deya xabar berdi nashr.