Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

G‘olibaf: "AQSh bilan muzokaralar olib borayotganda urushga tayyor bo‘lish kerak"

G‘olibaf: "AQSh bilan muzokaralar olib borayotganda urushga tayyor bo‘lish kerak"

Eron Parlamenti Spikeri Muhammad Bagir G‘olibaf Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralar olib borishda urushga tayyor bo‘lish kerakligini aytdi.

G‘olibaf o‘z fikrlarini Indoneziya Mintaqaviy Vakillar Kengashi (parlamentning yuqori palatasi) raisi Sulton Baxtiyor Najamudin bilan uchrashuvda bildirdi.

"Faqat urushga tayyor bo‘lganlargina Qo‘shma Shtatlar bilan muzokara olib borishlari mumkin. Muzokaralar davomida men AQSh vise-prezidenti Jey Di Vensga biz ularga ishonmasligimizni aytdim", deb ta’kidladi G‘olibaf.

Uning fikricha, AQSH, Isroil va NATO urushdan oldin Eronni taslim bo‘lishga majburlashlari mumkinligiga ishonishgan: "Biroq, ular juda tez orada o‘z maqsadlariga erisha olmasliklarini angladilar".

Najmudin o‘z navbatida Eron xalqi tinchlikni xohlashini ta’kidladi:

"Sizning sa’y-harakatlaringiz tinchlikka olib kelishi mumkin. Indoneziya Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi urushni tugatishga qaratilgan harakatlarni olqishlaydi".

Kiritildi: 09:11 11.07.2026. O'qildi: 1177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!