Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Goal.com portali "Oltin to‘p"ga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi

A A A
Goal.com portali "Oltin to‘p"ga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi

Goal.com portali 2023 yil uchun "Oltin to‘p"ga da’vogarlarning yangilangan versiyasini e’lon qildi.

Ro‘yxatda "PSJ"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onada "Manchester Siti"ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland, uchinchi pog‘onada Messining jamoadoshi, avvalgi versiyada ikkinchi pog‘onada joylashgan fransiyalik Kilian Mbappe turibdi.

Shuningdek, top-o‘ntalikdan Viktor Osimhen ("Napoli"/Nigeriya), Vinisius Junior ("Real Madrid"/Braziliya), Xvicha Kvarasxeliya ("Napoli"/Gruziya), Markus Reshford ("Manchester Yunayted"/Angliya), Robert Levandovski ("Barselona"/Polsha), Kazemiro ("Manchester Yunayted"/Braziliya) va Bukayo Saka ("Arsenal"/Angliya) joy oldi.

Kiritildi: 12:30 21.03.2023. O'qildi: 1653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!