Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Goal.com'ning «Oltin to‘p» uchun yangi reytingi: Pedri 3 pog‘ona ko‘tarildi

Goal.com'ning «Oltin to‘p» uchun yangi reytingi: Pedri 3 pog‘ona ko‘tarildi

Goal Internet nashri 2025 yilgi «Oltin to‘p» mukofotiga asosiy da’vogarlarning yangi ro‘yxatini taqdim etdi.

Avvalgi reyting bilan taqqoslaganda Pedri 3 pog‘ona ko‘tarilib, 4-o‘ringa joylashdi. Pedri Ispaniya kubogi finalida bitta gol urib, jamoasining navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritishida yordam berdi.

Asosiy 20 da’vogar quyidagilar (28 aprel):

1. Rafinya Dias, «Barselona» (Ispaniya);
2. Usmon Dembele, «PSJ» (Fransiya);
3. Lamin Yamal, «Barselona» (Ispaniya);
4. Pedri, «Barselona» (Ispaniya);
5. Muhammad Saloh, «Liverpul» (Angliya);
6. Robert Levandovski, «Barselona» (Ispaniya);
7. Deklan Rays, «Arsenal» (Angliya);
8. Lautaro Martines, «Inter» (Italiya);
9. Xarri Keyn, «Bavariya» (Germaniya);
10. Kilian Mbappe, «Real» Madrid (Ispaniya);
11. Nunu Mendesh, «PSJ» (Fransiya);
12. Jud Bellingem, «Real» Madrid (Ispaniya);
13. Vinisius Junior, «Real» Madrid (Ispaniya);
14. Vitinya, «PSJ» (Fransiya);
15. Dezire Due, «PSJ» (Fransiya);
16. Viktor Dyokeresh, «Sporting» (Portugaliya);
17. Maykl Olise, «Bavariya» (Germaniya);
18. Bukayo Saka, «Arsenal» (Angliya);
19. Aleksander Isak, «Nyukasl Yunayted» (Angliya);
20. Virjil van Deyk, «Liverpul» (Angliya).

Kiritildi: 05:16 29.04.2025. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!