Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Global Windows uzilishi qancha qurilmaga ta’sir ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi

A A A
Global Windows uzilishi qancha qurilmaga ta’sir ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi

Microsoft kompaniyasidagi global texnik uzilish Windows operasion tizimida ishlaydigan 8,5 million qurilmaga ta’sir ko‘rsatdi.

Bizning hisobimizcha, CrowdStrike kompaniyasining yangilanishi 8,5 million Windows qurilmalari yoki umumiy Windows qurilmalarining 1 foizdan kamrog‘iga ta’sir ko‘rsatgan, deyiladi Microsoft blogida.

Kompaniya dasturiy ta’minot yangilanishi ba’zida nosozliklar keltirib chiqarishini ta’kidlagan, biroq bunday holat kamdan kam uchraydigan hodisa ekanligini tan olgan.

Aniqlik kiritilishicha, mijozlar bilan bevosita ishlagan yuzlab Microsoft muhandislari va ekspertlar voqeaga javob berish hamda nosozlik sabablarini bartaraf etish uchun jalb qilingan.

Ushbu hodisa global bulutli xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar, dasturiy platformalar, xavfsizlik va boshqa dasturiy ta’minot provayderlari va mijozlarimizdan iborat keng ekotizimimizning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi, deya qo‘shimcha qilgan Amerika korporasiyasi.
Kiritildi: 09:57 21.07.2024. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!