Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Global isish tufayli Sibirda “do‘zax eshiklari” kengaymoqda

Global isish tufayli Sibirda “do‘zax eshiklari” kengaymoqda

olimlar “do‘zax eshiklari” deb ataluvchi Yakutiyadagi Batagayka termokarsti kengayayotganini aytdi. Ularning qo‘shma hisoboti Geomorphology jurnalida chop etildi.

Abadiy muzliklarning erishi va isish sababli yer cho‘kadi. 2014 yilda kraterning kengligi 790 metrni tashkil etgan bo‘lsa, hozir deyarli 1 kilometr, chuqurligi esa taxminan 100 metr. Teshik kengayishda davom etmoqda.

Uning devorlaridagi tuproq tom ma’noda ko‘z o‘ngimizda erimoqda, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, har yili abadiy muzlikdan atmosferaga 5 ming tonnagacha uglerod chiqariladi. Kraterning erishi va kengayish tezligi oshib bormoqda: 1990 yillarda u yiliga 7-10 metrni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda yiliga 30 metrgacha boradi.

Termokarst — yerosti muzlarining erishi natijasida tuproq va uning ostidagi jinslarning notekis cho‘kish jarayoni.

Kiritildi: 22:53 14.06.2024. O'qildi: 1583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!