Hukumat qarori (717-son, 11.11.2025 y.) bilan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Ko‘krak nishoni bilan fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.
🏛 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1 mayga qadar taqdim etiladi.
✔️ Ko‘krak nishoni, qoida tariqasida, har yili 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
📝 Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
✍️ Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.