Rossiya Oliy sudi giyohvand moddalarni saqlaganlik uchun jazoni yumshatishni taklif qildi.
Qonun loyihasi birinchi marta giyohvand moddalarni saqlagan holda ushlangan shaxslarni erkinlikdan mahrum qilmaslikni nazarda tutadi.
Oliy sud quyidagilar uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni istisno qilishni taklif qiladi:
- giyohvandlik vositalarini sotish maqsadini ko‘zlamay birinchi marta katta miqdorda noqonuniy ravishda olish, saqlash yoki ishlab chiqarish;
- tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan o‘simliklarni noqonuniy etishtirish;
- giyohvandlik vositalariga reseptlarni qonunga xilof ravishda berish yoki qalbakilashtirish.
Shu bilan birga, sud ularga jazo tayinlashda ayblanuvchiga giyohvandlikdan davolanish, shuningdek tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilish majburiyatini yuklashga haqli.
Bundan tashqari, Oliy sud giyohvand moddalarni sotish maqsadini ko‘zlamay, yirik va ayniqsa yirik hajmda noqonuniy muomalada bo‘lganlik uchun jarimaning yuqori chegaralarini (5 va 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) kamaytirishni taklif qildi.