Bugun 9 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Germaniyaning sobiq prezidenti vafot etdi

Germaniyaning sobiq prezidenti vafot etdi

Germaniyaning sobiq prezidenti Xorst Kyoler 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Germaniya prezidenti kansleri bayonotida aytilgan.

Xorst Kyoler 1 fevral kuni qisqa, ammo og‘ir kasallikdan so‘ng Berlinda oilasi qurshovida vafot etdi, deyiladi bayonotda.

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Kyolerning bevasi Eva Luiza Kyolerga hamdardlik telegrammasi yo‘lladi.

"Biz vatanimiz va dunyo uchun juda ko‘p ish qilgan juda hurmatli va suyukli insonni yo‘qotdik”, dedi Shtaynmayer o‘z murojaatida.

Kyoler 2004 yil may oyida Xristian birlik partiyalari SDU/SSU va Erkin Demokratik partiya (FDP) nomzodi sifatida Germaniyaning 9-prezidenti etib saylangan. 2009 yil may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda u ikkinchi marta qayta saylangan. 2010 yil may oyida siyosatchi Germaniyaning Afg‘onistondagi harbiy missiyasi haqidagi bayonotlari tanqid qilinganidan so‘ng iste’foga chiqdi.

Kyoler 2000 yildan 2004 yilgacha Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi rahbari bo‘lib ishlagan. 2017 yilda u G‘arbiy Sahroi Kabir bo‘yicha nizoni hal qilish bo‘yicha BMT Bosh kotibining shaxsiy vakili etib tayinlangan, bu lavozimda 2019 yilgacha ishlagan.

Kiritildi: 19:13 01.02.2025. O'qildi: 1137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!