Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Germaniyaning kemasozlik zavodi gigayaxta qurmoqchi

Germaniyaning kemasozlik zavodi gigayaxta qurmoqchi

Germaniyaning Meyer Werft kemasozlik zavodi uzunligi 324 metr bo‘ladigan dunyodagi eng katta Ulyssia gigayaxtasini quradi. Qayd etilishicha, uning uzunligi xuddi Eyfel minorasidek.

U eng katta kruiz kemasi bo‘lgan 365 metrlik «Dengiz timsoli»dan keyingi eng katta yo‘lovchi tashuvchi kema bo‘ladi.

Bortida 50 yilga ijaraga beriladigan yuzlab hashamatli kvartiralar, vertolyot maydonchasi, kurort, restoranlar va basseynlar bo‘ladi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, bu gigant 2028-yilda suvga tushiriladi.

Kiritildi: 19:20 10.07.2024. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!