Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Germaniyaning bo‘lajak kansleri Ukrainaga Taurus qanotli raketalari yetkazib berilishi mumkinligini ma’lum qildi

Germaniyaning bo‘lajak kansleri Ukrainaga Taurus qanotli raketalari yetkazib berilishi mumkinligini ma’lum qildi

"Men doimo agar bu masala bo‘yicha Yevropa ittifoqchilari bilan kelishuvga erishilsa, Kiyevga Taurus raketalarini yetkazib berishga rozi bo‘lishimni aytib kelganman", — dedi Fridrix Mers ARD telekanaliga bergan intervyusida.

Siyosatchining fikricha, Ukraina armiyasi “mudofaa pozisiyasidan chiqishi va voqealarning yo‘nalishini belgilay oladigan” holatga yetishi kerak.

Mers rus qo‘shinlarining moddiy-texnik ta’minoti uchun muhim bo‘lgan Rossiya va Qrim yarim oroli o‘rtasidagi quruqlik aloqalarining yo‘q qilinishini "raketalarni qo‘llashning mumkin bo‘lgan holatlari" deya qayd etdi.

Evroittifoq Mersning Ukrainaga Taurus raketalarini yetkazib berish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamoqda. Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bo‘lajak kanslerning Kiyevga uzoq masofali nemis raketalarini ittifoqchilar bilan kelishilgan holda yetkazib berish ehtimoli haqidagi bayonotini olqishladi.

Kreml esa Mersning Ukrainaga o‘z raketalarini berishi bo‘yicha bayonoti tufayli uni “harbiy to‘qnashuvlar tarafdori” deb atadi.

"Janob Mersning bayonotiga qaraganda, u Ukrainadagi vaziyatni yanada keskinlashtirish va jiddiylashtirishga olib keluvchi turli choralarni qo‘llab-quvvatlaydi", — deya munosabat bildirdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Kiritildi: 20:44 14.04.2025. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!