Germaniyalik hujumchi Devi Zelke "Gamburg"ga Bundesligaga qaytishga yordam berdi, shundan so‘ng u Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga o‘tdi.
Futbolchi o‘tgan mavsumda 22 ta gol urganiga qaramay, Germaniyani tark etdi. Uning turmush o‘rtog‘i ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi ikki oy ichida to‘rt marta talonchilik qurboni bo‘lganini aytdi.
"Ehtimol, bu shaharni tark etishimiz kerakligi haqidagi signallar bo‘lgandir. Umid qilamanki, yangi shaharda bizda bunday muammolar bo‘lmaydi," - deb yozadi futbolchining rafiqasi Evelin.
Turkiya Superligasining yangi mavsumi sakkizinchi avgust kuni start oladi.