Bugun 9 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Germaniyadan pochta orqali yuborilgan "og‘u" to‘xtatib qolindi

Germaniyadan pochta orqali yuborilgan "og‘u" to‘xtatib qolindi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining kontrabandasiga chek qo‘yildi.

Jumladan, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida vaqtincha istiqomat qilayotgan 2001 y.t. Chernogoriya fuqarosi mazkur tumandagi pochta bo‘limida Germaniya davlatidan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olgan vaqtida xolislar ishtirokida to‘xtatildi.

Jo‘natma belgilangan tartibda tekshirilganda, unda sport anjomlari ichiga yashirilgan 3 kg “Klefedron” va 1 kg “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, xorijiy fuqaroning vaqtinchalik yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, jami 30 gr og‘irlikdagi “Alfa-PVP” narkotik moddasidan iborat 11 dona tayyor zakladkalar, zip-paketlar, elektron tarozi va boshqa buyumlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!