Xabarlarga ko‘ra, otishma Shtade (Stade) shahrida, bolalar va o‘smirlarni parvarish qilish muassasasi yaqinida sodir bo‘lgan. Polisiya bir nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinganini tasdiqladi, biroq hujumchilar va qo‘lga olinganlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligi xabar qilinmoqda.
Hudud o‘rab olingan, voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda, shahar tepasida polisiya vertolyotlari uchmoqda. Aholidan otishma sodir bo‘lgan joydan uzoqroq turish so‘ralgan, deyiladi xabarlarda.