Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniyadagi portda portlash sodir bo‘ldi

Germaniyadagi portda portlash sodir bo‘ldi

Germaniya shimolidagi Shlezvig-Golshteyn federal yerlarida joylashgan port hududida portlash sodir bo‘ldi, deb yozadi Hamburger Morgenpost gazetasi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, portda gaz balloni portlagan. Hodisa oqibatida to‘qqiz kishi yengil jarohat olgan.

NDR teleradiokompaniyasining ma’lum qilishicha, kamida bir kishi shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa joyida 90 ga yaqin o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchi va huquq-tartibot organlari xodimlari ishlamoqda.

Portlash yuz bergan hudud 300 metr radiusda xavfsizlik nuqtayi nazaridan qurshab olingan, chunki portda yana 17 ta gaz balloni saqlanmoqda. O‘t o‘chiruvchilar ehtimoliy portlashning oldini olish uchun vodomyotlar yordamida ularni sovitgan.

Mutaxassislarning taxminicha, ballonlarda payvandlash ishlarida foydalaniladigan kislorod va asetilen mavjud. O‘t o‘chirish xizmati rahbari ballonlardan gaz sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Portlash issiq ob-havo tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin, ammo hozircha uning aniq sababi noma’lum. NDR’ning ta’kidlashicha, portlash ovozi bir necha kilometr uzoqlikdan ham eshitilgan.

Rasmiylar fuqarolarni portlash yuz bergan hudud atrofiga yaqinlashmaslikka chaqirmoqda.

Kiritildi: 21:34 01.05.2025. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!