Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Germaniyadagi kafe mijozlarga masofa saqlash uchun maxsus bosh kiyimlarini taqdim etmoqda (foto)

Germaniyadagi kafe mijozlarga masofa saqlash uchun maxsus bosh kiyimlarini taqdim etmoqda (foto)

Germaniya hukumati mamlakatdagi kafe va restoranlarga karantindan keyin ochilishga ruxsat berdi, deb xabar berdi Metro.

Kafelardan karantin qoidalariga rioya qilib, xususan, masofa saqlagan holda ishni tashkil etish talab qilinmoqda.

Germaniyadagi kafe mijozlarga masofa saqlash uchun maxsus bosh kiyimlarini taqdim etmoqda (foto)

Shverin shahridagi Cafe & Konditorei Rothe kafesi ijtimoiy masofa saqlashni qiziqarli usulini joriy qildi.

Har bir mijozga kafe xodimlari maxsus shlyapa beradi. Shlyapa mijozlarga bir-biriga yaqin kelishiga xalaqit beradi. Bir qarashda g‘alati ko‘rinadigan bu holat kafe egasi Jaklinning so‘zlariga ko‘ra mijozlarga yoqmoqda.

Kafening Facebook’dagi sahifasida mijozlar ushbu innovasion g‘oya haqida iliq fikrlar yozib qoldirgan. Ayrimlar esa har bir mijoz ketganidan keyin bosh kiyimni yaxshilab dezinfeksiya qilish kerakligini aytgan.
Ma’lumot uchun, 10 may kuni Toshkent shahridagi «Qanotchi» restorani tajriba tariqasida ishga tushirilgani haqida xabar berildi. Keyinroq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi «Qanotchi» restoranining karantin davrida tajriba tarzida ochilgani va mijozlarga xizmat ko‘rsatgani noqonuniy ekanini ma’lum qildi.

Kiritildi: 21:24 22.05.2020. O'qildi: 2708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!