Tergovchilar Berlin markazidagi odamlarni bosib ketish hodisasi ortida aqidaparastlik g‘oyalari yotibdi deb taxmin qilishmoqda. Gumonlanuvchi "ISHID" terrorchilik guruhining xayrixohi bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi "Bild" gazetasi.
Davlatni himoya qilish idorasi 21 yoshli Abdul Ballutning "diniy mafkura" va aqidaparastlik sohasidagi faoliyatga aloqadorligi to‘g‘risida "keng ko‘lamli ma’lumotlar"ga ega. Shu sababli tergovchilar sodir bo‘lgan voqeani terrorchilik harakati sifatida baholamoqda.