Germaniya fuqarolarining atigi 23 foizi Fridrix Mersning kanslerlik faoliyatining dastlabki kunlaridan keyingi faoliyatini ijobiy baholadi.
Bu haqda INSA instituti tadqiqotiga tayanib, Bild yozmoqda.
So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning deyarli yarmi - 49 foizi uning ishidan noroziligini bildirgan, 28 foizi javob berishga qiynalgan.
Aniqlik kiritilishicha, so‘ralganlarning atigi 29 foizi XDI/XSI va GSDPdan tashkil topgan yangi hukmron koalisiya harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Fuqarolarning 26 foizi uning ishini salbiy baholaydi, respondentlarning to‘rtdan bir qismi esa o‘z pozisiyasini aniq ifodalay olmagan.