Germaniyada hukumat koalisiyasini tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan konservativ XDI/XSI bloki va Germaniya sosial-demokratik partiyasi (GSDP) “Ittifoq-90”/“Yashillar” partiyasi bilan davlat qarz olish hajmini keskin oshirish rejasi yuzasidan kelishuvga erishdi.
Mazkur qarz islohoti rejasi Germaniya Konstitusiyasida belgilangan "qarz tormozi" cheklovlaridan mudofaa xarajatlarini chiqarib tashlashga imkon beradi va infratuzilmaga investisiya kiritish uchun 500 milliard yevro miqdorida maxsus jamg‘arma yaratishni nazarda tutadi.
Reuters agentligi manbasiga ko‘ra, uchta partiya o‘rtasidagi kelishuv doirasida 100 milliard yevro “Iqlim va Transformasiya jamg‘armasi” (KTF) uchun 100 milliard yevro ajratiladi.
Dastlab “Yashillar” bu tashabbusga qarshi chiqishgandi, biroq bunday islohotni amalga oshirish uchun Bundestag deputatlarining uchdan ikki qismini ovozini yig‘ish zarur edi, shuning uchun ularning qo‘llab-quvvatlashi muhim hisoblanadi. Germaniya Bundestagining amaldagi tarkibi konstitutsiyasga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasini 18 mart kuni ovozga qo‘yadi.