Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Germaniyada Turkiya fuqarolari ishtirokida pichoqli hujum yuz berdi

Germaniyada Turkiya fuqarolari ishtirokida pichoqli hujum yuz berdi

Germaniya g‘arbidagi Zolingen shahrida pichoq bilan qilingan hujum natijasida bir necha kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Bild nashri.

Polisiya buni oldindan rejalashtirilgan hujum yoki terrorchilik harakati deb hisoblamayapti. Voqea yo‘l-transport hodisasidan boshlangan bo‘lib, uning oqibatida ikki erkak o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Uchinchi shaxs esa ularni tinchlantirish maqsadida mojaroga aralashgan.

Natijada, mushtlashuv ishtirokchilaridan biri tanasining yuqori qismidan ko‘plab pichoq jarohatlarini olgan. Qolgan ikki kishi yengil jarohatlangan. Mojaro ishtirokchilari ikki nafar Turkiya fuqarosi va bir nafar Germaniya-Turkiya ikki tomonlama fuqaroligiga ega shaxs ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, voqea sababli shahardagi maktablardan birida o‘tkazilayotgan antiterror mashg‘ulotlari to‘xtatilgan va barcha polisiya kuchlari voqea joyiga yo‘naltirilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 23:16 01.04.2026. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!