Germaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel AQSh prezidenti Donald Trampning "AQShning 51-shtati" bo‘lish Kanada uchun foydali bo‘lishi haqidagi bayonotlariga javoban Kanadani Yevropa Ittifoqiga a’zo qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
"Men kanadaliklarga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni taklif qilgan bo‘lardim. Bu, ehtimol, eng oqilona yo‘l bo‘lardi... Har qanday holatda ham Kanada Yevropa Ittifoqiga a’zo ba’zi davlatlarga qaraganda ko‘proq Yevropa davlatidir," - deya nemis siyosatchisining so‘zlarini keltiradi Weser-Kurier gazetasi.
Uning ishonchi komilki, bunday birlashuv Kanadaga iqtisodiy barqarorlik olib keladi va uni tashqi tahdidlardan himoya qilishga yordam beradi.