Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniyada Rossiya foydasiga josuslikda gumonlangan Ukraina fuqarosi hibsga olindi

Germaniyada Rossiya foydasiga josuslikda gumonlangan Ukraina fuqarosi hibsga olindi

Germaniyaning Xagen shahrida Vitaliy M. ismli Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u so‘nggi oylarda Rossiya maxsus xizmatlari topshirig‘i bilan Germaniyada yashovchi, avvalroq Ukraina tomonida jang qilgan shaxs haqida ma’lumot to‘plagan. Ayblov tomoni ushbu ma’lumotlar Ukraina Qurolli Kuchlari faxriysiga qarshi maxsus amaliyotlar tayyorlash uchun ishlatilganini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari, 24 mart kuni Ruminiya fuqarosi Alla S. va Ukraina fuqarosi Sergey N. ham Rossiya foydasiga ayg‘oqchilik qilishda gumonlanib hibsga olingan edi. Ular Bavariyada istiqomat qiluvchi va Ukrainaga dronlar yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi shaxsni kuzatishgan. dpa agentligining xabar berishicha, bu ikki holat o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud emas.

Kiritildi: Bugun 17:40. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!