Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Germaniyada qo‘poruvchilikda gumon qilingan ukrainaliklar hibsga olindi

Germaniyada qo‘poruvchilikda gumon qilingan ukrainaliklar hibsga olindi

Germaniya hukumati uch nafar Ukraina fuqarosini chet el agentlari faoliyati va portlovchi moddalardan foydalangan holda qo‘poruvchilik tayyorlaganlikda gumon qilib hibsga oldi.

Bu haqda Reuters prokurorlarga tayanib yozmoqda.

"Uch nafar ukrainalik portlovchi moddalar solingan posilkalarni jo‘natishga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi," - deyiladi materialda.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilarning ikki nafari Germaniyada, uchinchisi Shveysariyada qo‘lga olingan.

Prokuraturaning ta’kidlashicha, tergovda qo‘lga olinganlar Germaniya hududida qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida chet el agentlari sifatida harakat qilgan deb hisoblash uchun jiddiy asoslar bor.

Kiritildi: 17:00 14.05.2025. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!