Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniyada jazirama issiq havo tufayli 5000 dan ortiq odam vafot etdi

Germaniyada jazirama issiq havo tufayli 5000 dan ortiq odam vafot etdi


Robert Kox instituti (RKI) hisob-kitoblariga ko‘ra, iyun oyining oxiriga kelib Germaniyada anomal issiq havo oqibatida taxminan 5120 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Eng dahshatli holat 22 iyundan 28 iyungacha bo‘lgan birgina o‘ta issiq haftada kuzatildi, o‘sha kunlari 4310 kishi vafot etdi.

Taqqoslash uchun, 2025 yil davomida yuqori harorat tufayli 2600 ga yaqin kishi halok bo‘lgandi. Jazirama bilan bog‘liq o‘lim holatlarining 80 foizdan ortig‘i 75 yoshdan oshgan qariyalarga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, vafot etganlar orasida ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq. RKI mutaxassislarining tushuntirishicha, buni katta yoshli aholi guruhlarida ayollarning ulushi ko‘pligi bilan izohlash mumkin.

Avvalroq Fransiya, Niderlandiya va Belgiyada iyun oyidagi anomal issiq havo oqibatida kamida 3700 ta o‘lim holati qayd etilgani haqida ma’lum qilingandi.

Kiritildi: 21:01 09.07.2026. O'qildi: 1060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!