Seshanba kuni Osnabryuk shahrida (Quyi Saksoniya) Ikkinchi jahon urushida portlamay qolgan bomba topilgani sababli deyarli 20 ming kishi evakuasiya qilinadi.
Bu haqda mahalliy ma’muriyat saytidagi xabarda aytilgan.
"Bu 13 mingga yaqin xonadondagi 20 mingga yaqin odamga ta’sir qiladi", dedi rasmiylar. Ular eng kech seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00gacha uylarini tark etishlari kerak. Asosiy temir yo‘l stansiyasi, ikkita kasalxona va maktablar xavfsizlik zonasida joylashgan. Talabalar uchun darslar soat 13:00 gacha davom etadi. Sport zallaridan birida evakuasiya markazi tashkil etilgan.
Bomba dushanba kuni qurilish ishlari paytida topilgan. Seshanba kuni zararsizlantirish rejalashtirilgan.
Bu oxirgi paytlarda Osnabryukda ikkinchi yirik evakuasiyadir. Taxminan ikki hafta oldin Ikkinchi jahon urushi paytida portlamay qolgan bomba 11 mingga yaqin aholini uylarini tark etishga majbur qilgan.