Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniyada hijob tufayli musulmon ayol o‘ldirildi

Germaniyada hijob tufayli musulmon ayol o‘ldirildi

2025 yil 4 iyul kuni Germaniyaning Gannover shahrida 31 yoshli erkak qo‘shnisi bo‘lgan 26 yoshli jazoirlik musulmon ayol — Raxma Ayatga pichoq bilan hujum qildi. Olingan og‘ir jarohatlar natijasida Raxma voqea joyida vafot etdi.

Mahalliy OAVlarga ko‘ra, u ko‘krak, yelka va yurak sohalariga bir necha marta pichoqlangan. Gumonlanuvchi hujum qilgan kuni ushlangan.

Raxmaning yaqinlari bergan ma’lumotga ko‘ra, u avval ham bir necha marta oilasiga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu qo‘shnisi tomonidan irqiy haqoratlar va ta’qiblarga uchrayotganini bildirgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, qizi hijob taqqani va etnik kelib chiqishi sabab doimiy bosim ostida bo‘lgan.

Raxma polisiyaga bir necha bor murojaat qilgan, ammo huquq-tartibot idoralari uning shikoyatlariga jiddiy yondashmagan.

Hozirda marhumaning oila a’zolari va musulmonlar jamoasi ushbu voqeani nafrat asosidagi jinoyat sifatida tan olishni talab qilmoqda. Ular Raxmaning diniy kiyimga bo‘lgan e’tiqodi sababli muntazam ta’qib ostida bo‘lganini va oxir-oqibat shu sabab o‘ldirilganini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 14:33 16.07.2025. O'qildi: 2556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!