Bo‘lajak kansler Fridrix Mersning so‘zlariga ko‘ra, endi mamlakatda yashashni boshlagan shaxslarga 3 yil ichida fuqarolik berish tartibi, ya’ni "tezlashtirilgan naturallizatsiya" dasturi bekor qilinib, muddat 5 yil etib belgilanadi.
"Biz fuqarolik to‘g‘risidagi qonunni yana o‘zgartiramiz: 3 yillik ‘turbo-fuqarolik’ endi bo‘lmaydi. Yangi tartib bo‘yicha faqat 5 yil yashagandan so‘ng fuqarolik beriladi," – dedi siyosatchi.