Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniyada eng yirik kiberjinoyatchilik forumlari yo‘q qilindi

Germaniyada eng yirik kiberjinoyatchilik forumlari yo‘q qilindi

Germaniya huquq-tartibot organlari bir nechta davlatlar bilan hamkorlikda jinoyatchilik faoliyati uchun ishlatilgan ikki yirik forumni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi. "nulled.to" va "cracked.io" nomli platformalar 10 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan ishlatilgan bo‘lib, ular xalqaro maxsus operasiya doirasida yopildi.

Tergov natijasida sakkiz nafar shaxs qo‘lga olindi, ular jinoyat maydonchalarini boshqarishda gumon qilinmoqda. Ushbu shaxslar orasida Germaniyaning ikki fuqarosi ham bor, ular 29 va 32 yoshda. Ulardan biri Ispaniyada, ikkinchisi esa Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn federal yerida istiqomat qiladi. Gumondorlarga o‘n yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda.

Operasiya davomida 7 ta tintuv o‘tkazildi. 67 ta elektron qurilma, shu jumladan 17 ta server musodara qilindi. Forumlar bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lov va hosting xizmatlari yopildi, shuningdek, bir necha yuz ming yevro miqdoridagi aktivlar musodara qilindi.

Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fizer ushbu operasiyani «xalqaro kiberjinoyatchilikka berilgan jiddiy zarba» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar bu forumlardan zararli dasturlar sotish, xakerlik hujumlarini uyushtirish va o‘g‘irlangan ma’lumotlarni tarqatish uchun foydalangan.

Bundan tashqari, Niderlandiya va AQSh huquq-tartibot organlari ham internet firibgarlik dasturlari bilan savdo qilgan «HeartSender» onlayn-do‘konini yopishga muvaff

Kiritildi: 21:47 30.01.2025. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!