Mamlakat Bundestagi elektromobil xarid qiluvchi jismoniy shaxslarga 1500 yevrodan 6000 yevrogacha davlat subsidiyalarini ajratish haqidagi qonunni ma’qulladi. Ushbu to‘lovlarni olish uchun oilaviy daromad yiliga 80 ming yevrodan (ikki farzandlilar uchun 90 ming yevrodan) oshmasligi lozim.
Davlat ko‘magi 2026 yil 1 yanvardan keyin ro‘yxatdan o‘tgan mashinalarga taalluqli bo‘lib, arizalar may oyidan boshlab onlayn qabul qilinadi. Subsidiya miqdori avtomobil turiga bog‘liq: to‘liq elektrli modellar uchun 3000 yevro, gibridlar uchun esa 1500 yevro etib belgilangan. Bu orqali Germaniya hukumati kam daromadli aholini ekologik transportga o‘tishga rag‘batlantirishni va ichki yonuv dvigatelli mashinalar sonini kamaytirishni rejalashtirmoqda.