Germaniyaning Ayxshtet shahrida joylashgan katolik cherkovi 400 yildan keyin jodugarlar yoqib yuborilgani uchun kechirim so‘radi, deb yozdi “The Independent”.
Ta’kidlanishicha, XV-XVIII asrlarda sehrgarlikda gumon qilinib, yuzlab odamlar qiynoqqa solingan va yoqib yuborilgan.
Mahalliy arxiyepiskop Gregor Mariya Frans Xanke o‘sha yilgi voqealarni "cherkov tarixidagi qonli jarohat" deb atadi va qurbonlar xotirasiga yodgorlik o‘rnatishga va’da berdi.
Germaniyada jodugarlik tufayli 25 ming kishi o‘ldirilgan, ularning aksariyati ayollar bo‘lishgan.