Germaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan maktab o‘quchilari uchun «BioNTech Pfizer» vaksinasini zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida gapirdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining aytishicha, bolalar uchun «BioNTech Pfizer» vaksinasini saqlab qo‘yish – yozgi ta’tildan so‘ng Germaniya maktablarining ochilishini ta’minlaydigan eng samarali usul.
Maqsadimiz – joriy yilning avgust oyi oxiriga qadar vaksinani barcha maktab o‘quvchisiga tavsiya etish, - deya ta’kidladi Y. Shpan. Nemis va Amerika kompaniyalari hamkorlikda ishlab chiqargan vaksina – bu 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun qo‘llanishga mo‘ljallangan Yevropa dori-darmon agentligining ekspertizasidan o‘tayotgan yagona preparat.
Germaniyada mamlakatning barcha hududiga taaluqli maktablarni yopish va qayta ochish to‘g‘risida yagona qoidalar mavjud. «Tezkor to‘xtatish» mexanizmi, allaqanday ma’muriy birlikda 100 ming kishiga nisbatan yangi COVID – 19 yuqtirish holatlari soni 165 dan oshib ketsa, maktablarda dars o‘tish butunlay to‘xtatilishini anglatadi.
Agar kasallik darajasi mazkur darajadan pasaysa, masofadan va kunduzgi o‘qish formati kiritiladi.
«BioNTech Pfizer» vaksinasini Kanada va AQSh 12-15 yosh oralig‘idagi bolalarga qo‘llanadi.