Bugun 16 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniyada AQShning yangi tariflaridan yetkaziladigan zarar baholandi

Germaniyada AQShning yangi tariflaridan yetkaziladigan zarar baholandi

AQShning yangi tariflari Germaniyaga Donald Trampning AQShdagi prezidentligining to‘rt yillik faoliyati davomida 200 milliard yevro, YEI uchun 750 milliard yevro zarar keltirishi mumkin.

Bu haqda Germaniya Iqtisodiyot Instituti tadqiqoti natijalari dalolat bermoqda.

"Trampning to‘rt yillik boshqaruvida Germaniyaga yetkazilgan jami iqtisodiy zarar taxminan 200 milliard yevroni, Yevropa Ittifoqiga esa 750 milliard atrofida bo‘lishi mumkin", — deyiladi hisobotda.

Ta’kidlanishicha, bunday holatda Germaniya yalpi ichki mahsuloti 2028 yilda bojxona to‘lovlarisiz nisbatan taxminan 1,5 foizga past bo‘ladi.

O‘z navbatida IfW Kiel jahon iqtisodiyot instituti Germaniyaning real yalpi ichki mahsuloti yig‘imlar tufayli yil davomida taxminan 0,49 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda. Bu 21 milliard yevro atrofida iqtisodiy yo‘qotishga olib keladi, deb yozadi Handelsblatt gazetasi.

IfW Kielda tariflarning eng katta zararini AQShning o‘zi yetkazadi, deb ishoniladi: qisqa muddatda ular AQShning real yalpi ichki mahsulotini 1,92 foizga pasayishiga olib keladi.

Kiritildi: 20:36 03.04.2025. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!