Bu haqda DPA agentligi ma’lum qildi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Germaniya Federal prokuraturasi 25 avgust kuni AQSh fuqarosiga Xitoy foydasiga josuslik qilganlik ayblovini qo‘ydi. Martin D. Xitoy razvedkasiga Qo‘shma Shtatlarning harbiy infratuzilmasiga oid “maxfiy ma’lumotlarni” taklif qilganlikda gumon qilinmoqda.
"Gumonlanuvchi 2017 yildan 2023 yil boshigacha AQSh Mudofaa vazirligi bilan ishlaydigan pudratchi firmada faoliyat yuritgan. U 2020 yilgacha Qo‘shma Shtatlarning Germaniyadagi harbiy bazasida turli vazifalarni bajargan", deyiladi bayonotda.
Germaniya prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil o‘rtalarida Martin D. Xitoy davlat tuzilmalari bilan bog‘langan va ularga AQShning maxfiy harbiy ma’lumotlarini taklif qilgan, biroq real ma’lumot uzatilmagan.
DPA agentligining qayd etishicha, erkak o‘z ish beruvchisidan norozi bo‘lgan, ammo bu josuslik uchun sabab bo‘lgani yoki yo‘qligini tergov aniqlaydi. Martin D. 2024 yil noyabrida qo‘lga olingan, polisiya uning Frankfurtdagi kvartirasida tintuv o‘tkazgan. Shundan beri u tergov hibsxonasida saqlanmoqda.