Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniyada aholining Mers faoliyatidan noroziligi 80 foizdan oshdi

Germaniyada aholining Mers faoliyatidan noroziligi 80 foizdan oshdi

Germaniya aholisining aksariyati kansler Fridrix Mers va amaldagi hukumat faoliyatini salbiy baholamoqda.

Bu haqda Bild am Sonntag gazetasi buyurtmasi asosida INSA sosiologik instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ko‘rsatmoqda.

Tadqiqotga ko‘ra, respondentlarning 82 foizi Mers faoliyatini ma’qullamaydi. Bu oktyabr oyidagi ko‘rsatkichdan 2 foiz punktga yuqori. So‘ralganlarning atigi 13 foizi kansler faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan. Yanvar oyida esa norozilik darajasi 67 foizni tashkil etgan.

Hukmron XDS/XSS va SDPG koalisiyasiga nisbatan ham shunga o‘xshash vaziyat kuzatilmoqda. Fuqarolarning 82 foizi hukumat faoliyatidan norozi, atigi 13 foizi esa uni ijobiy baholagan.

Reytingning pasayishiga sabablardan biri iqtisodiy vaziyat bo‘lgan. So‘rovnoma ishtirokchilarining qariyb 60 foizi amaldagi hukumat faoliyati davrida moddiy ahvoli yomonlashganini bildirgan. Faqat 6 foiz respondent o‘zgarishlar ijobiy bo‘lganini qayd etgan.

Ta’kidlanishicha, so‘rovnoma 5–6 noyabr kunlari 1 004 nafar kishi ishtirokida o‘tkazilgan.

Mersning siyosiy mavqei uzoqqa cho‘zilayotgan islohotlar va konservatorlarning mintaqaviy saylovlardagi muvaffaqiyatsizliklari fonida ham zaiflashgan. Xususan, XDS Saksoniya-Anhalt, Meklenburg — Old Pomeraniya va Berlinda jiddiy mag‘lubiyatlarga uchragan.

Kiritildi: 23:11 08.11.2026. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik