"Doimiy o‘t ochishni to‘xtatish va Rossiya bilan bunday kelishuvga erishilmaguncha, biz Ukrainaga beradigan xavfsizlik kafolatlari ko‘lami haqida hech qanday ma’lumot bera olmaymiz, chunki biz hali shartlarni bilmaymiz", - dedi Germaniyaning yangi kansleri Parijda Emmanuel Makron bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Shu bilan birga, u "AQShning bu jarayonda, shuningdek, Ukraina uchun keyingi xavfsizlik kafolatlarida ishtirok etishi hamon muhim ekanligini" ta’kidladi.