Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers hukumati Ukrainaga raketa tizimlari, tanklar, PVO va boshqa qurollar yetkazib berish haqidagi ma’lumotlarni ochiq e’lon qilishni to‘xtatadi. Bu haqda DPA agentligi hukumatdagi manbaga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ma’lumotlar hajmi keskin kamaytiriladi va maqsad — Rossiya tomonini harbiy ustunlikdan mahrum etish.
Bunday amaliyot avval ham — 2022 yil boshida, Rossiya urush boshlagan dastlabki oylarda, sobiq kansler Olaf Shols davrida qo‘llanilgan edi. Qo‘yilgan bosimlardan so‘ng, 2022 yil iyunidan boshlab Germaniya hukumati rasmiy saytda Ukrainaga berilayotgan qurollar ro‘yxatini e’lon qilishni boshlagan.
Oxirgi marta ro‘yxat 6 may kuni yangilangan. Unda shunday ma’lumotlar bor:
25 ta o‘z-o‘zidan harakatlanuvchi gaubisa,
121 ta Leopard tanki,
1000 dan ortiq zarba beruvchi dron,
478 mingdan ortiq artilleriya snaryadlari yetkazilgan.
Fransiya ham shunday yondashuvni qabul qilgan — Prezident Emmanuel Makron yaqinda ma’lum qilganidek, endilikda ular ham etkaziladigan qurol modellari va toifalarini omma oldida oshkor qilmaydi.