Handelsblatt nashrining Germaniya hukumatidagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Berlin 2026 yilda Ukrainaga yordamni taxminan 3 milliard yevroga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu ma’lumotni Reuters manbalari ham tasdiqlagan.
"Shu tariqa, Ukraina uchun mo‘ljallangan yordam hajmi byudjet loyihasida 8,5 milliard yevrodan 11,5 milliard yevroga yetadi. Qo‘shimcha mablag‘lar artilleriya, dronlar, zirhli texnika xaridi hamda ikkita Patriot havo mudofaa tizimini almashtirish uchun yo‘naltiriladi. Bundestag deputatlari yakuniy qarorni keyingi haftada qabul qiladi", deyiladi Reuters xabarida.