Germaniya Ukrainaga 130 million yevro miqdorida yordam beradi.
Bu haqda Kiyevda e’lon qilinmagan tashrif bilan bo‘lgan Germaniya TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Annalena Berbok ma’lum qildi.
"Tashqi ishlar vaziri Berbok o‘z faoliyati davomida bugun Ukrainaga o‘n birinchi marta tashrif buyurdi", — deyiladi mamlakat tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Tashrif chog‘ida u siyosatchilar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi va Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lida qanday qadamlar qo‘yayotganini muhokama qiladi.