Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniya: Tramp rejasi - Ukrainaning taslim bo‘lishi

Germaniya: Tramp rejasi - Ukrainaning taslim bo‘lishi

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Tramp ma’muriyatining tinchlik kelishuviga erishish uchun Ukrainaga hududiy imtiyozlar berish haqidagi takliflarini tanqid qildi. Uning bayonotidan Tagesschau iqtibos keltirmoqda.

Pistorius AQSh tashabbusini Ukrainani taslim qilish bilan qiyosladi.

" Ukraina bir yil avval taslim bo‘lgan holda bunga o‘zi erisha olardi ", dedi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina barqaror o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim yoki tinchlik shartnomasi muayyan imtiyozlarni o‘z ichiga olishi mumkinligini tushunadi. Shu bilan birga, u bunday imtiyozlar Ukraina uchun ishonchli xavfsizlik kafolatlari bilan birga bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Axios nashri e’lon qilgan rejaga ko‘ra, anneksiya qilingan Qrim Rossiya deb tan olinadi, ishg‘ol qilingan Donetsk, Lugansk, Zaporojya va Xerson viloyatlari esa Rossiya nazorati ostida qoladi.

Kelishuv doirasida Rossiya Xarkov viloyatining bir qismini Ukrainaga qaytarishi kerak. Zaporijjya AYES Kiyevning rasmiy nazoratiga o‘tadi, biroq stansiya AQSh tomonidan boshqariladi.

Kiyev, shuningdek, NATOga kirish istagidan voz kechadi va Qo‘shma Shtatlar bilan tabiiy resurslarni birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzolaydi.

Agar kelishuv tuzilsa, Donald Tramp Rossiyaga qarshi 2014 yildan beri joriy qilingan barcha sanksiyalarni bekor qilishga tayyor.

Kiritildi: 15:57 28.04.2025. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!