Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Germaniya TIV rahbari Yevroittifoqda qarorlarni bir ovozdan qabul qilish tamoyilidan voz kechishni taklif qildi

Germaniya TIV rahbari Yevroittifoqda qarorlarni bir ovozdan qabul qilish tamoyilidan voz kechishni taklif qildi

Germaniya TIV rahbari Yevroittifoqda qarorlarni bir ovozdan qabul qilish tamoyilidan voz kechishni taklif qildi – DW.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Yevroittifoqni isloh qilishni, xususan, YEIga a’zo barcha davlatlar tomonidan qarorlarni bir ovozdan qabul qilish tamoyilidan voz kechishni taklif qildi.

"Xavfsizlik masalalarida yakdillik tamoyili bizning mavjudligimizni xavf ostiga qo‘yishi mumkin", — deydi Vadeful.

Mamlakat Tashqi ishlar vaziri misol tariqasida Ukraina uchun ajratiladigan 90 milliard dollarlik kreditni keltirdi — YEI Vengriya hukumatiga Viktor Orban rahbarlik qilgan vaqtdagi pozisiyasi tufayli ushbu kreditni ma’qullay olmagan edi.

Uning fikricha, agar biror sababga ko‘ra Yevropa Ittifoqining barcha 27 ta a’zo davlati o‘rtasida kelishuvga erishish imkoni bo‘lmasa, u holda alohida davlatlar "cheklangan guruh doirasida oldinga harakat qilish" imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy qarorlarda ishtirok etishni istamaydigan yoki ishtirok eta olmaydigan davlatlar oldinga intilayotganlarga xalaqit bermasligi kerak.

Vadeful, shuningdek, YEI darajasida tashqi siyosiy qarorlarni qabul qilishda hozirgidek bir ovozdan emas, balki malakali ko‘pchilik ovozi bilan ovoz berish tizimiga o‘tish zarur deb hisoblaydi.

Kiritildi: Bugun 17:30. O'qildi: 275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!