Germaniya Tashqi ishlar vazirligi avgust oyi boshida Leypsig/Xalle aeroportida aniqlangan dron hodisasi tufayli Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayevni chaqirdi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful bu haqda Berlindagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya rasmiylari Leypsigdagi gibrid hujum uchun Rossiya javobgar deb hisoblashadi. Vadeful shuningdek, Rossiyaga qarshi bir qator choralar ko‘rilishini e’lon qildi.
"Federal hukumat bu haqda Rossiyani o‘z vaqtida xabardor qilmoqda. Shuning uchun men Rossiya elchisini chaqirishni buyurdim. Ushbu chaqiruv aynan shu paytda amalga oshirilmoqda", dedi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari.