Bugun 19 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Shols bilan suratga tushishdan bosh tortdi

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Shols bilan suratga tushishdan bosh tortdi

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok kansler Olaf Sholsning Ukrainaga yangi yordam paketini ajratishni to‘xtatish haqidagi qarori sababli u bilan suratga tushishni rad etib, hukumat majlisini tark etdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Materialga Shols vazirni zaldan chiqib ketmasligi uchun to‘xtatishga urinayotgan lahza aks ettirilgan surat ilova qilingan, biroq u buni uddalay olmagan.

Berbok va Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 2024 yil noyabr oyida hukmron "svetofor" koalisiyasi parchalangandan so‘ng Kiyevga 3 milliard yevrolik yangi harbiy yordam transhini tayyorlashga kirishdilar. Ammo Shols bu rejani to‘xtatib qo‘ydi.

Shundan keyin Berbok Germaniyadagi ayrim siyosatchilar uchun "umumiy saylovlarda tezda bir nechta ovoz qozonish" masalasi Yevropada tinchlikni ta’minlash mas’uliyatidan muhimroq ekanligini ta’kidladi.

Germaniya AQShdan keyingi Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatuvchi eng yirik homiy hisoblanadi.

Kiritildi: 21:36 18.01.2025. O'qildi: 1678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!