Berlindagi Rossiya uyi va Rossiyaning Germaniyadagi diplomatik va madaniy faoliyati bilan bog‘liq boshqa ob’ektlar yopilishi kerak.
Bu haqda Xristian-demokratik ittifoqdan (XDU) Germaniya parlamenti deputati Roderix Kizevetter Handelsblatt bilan suhbatda.
Shuningdek, u Moskvadan kiberhujumlar va qo‘poruvchilik harakatlarining kuchayishi fonida ko‘proq rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish zarurligini aytdi.
"Biz qolgan barcha agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak" - dedi u.