Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniya mudofaa vaziri Kiyevga keldi

A A A
Germaniya mudofaa vaziri Kiyevga keldi

Boris Pistorius 21 noyabr kuni ertalab Kiyevga poyezdda yetib keldi, deb xabar berdi Bild sharhlovchisi X sahifasida. Bu Germaniya Mudofaa vazirligi rahbarining Rossiya armiyasi keng ko‘lamli bosqinidan keyin Ukrainaga ikkinchi tashrifidir.

Germaniya Mudofaa vazirligi Pistoriusning tashrifidan maqsad Berlinning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlash, deb yozadi DW. Kiyevda vazir Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va mudofaa vaziri Rustem Umerov bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Boris Pistoriusning Kiyevga tashrifi AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukrainaga kelgan kunning ertasiga bo‘lib o‘tdi. Kiyevga yetib kelgan Ostin AQSh Ukrainani Rossiya agressiyasiga qarshi erkinlik uchun kurashda bugun ham, kelajakda ham qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi. Shu kuni Pentagon Ukrainani yangi harbiy paket bilan ta’minlayotganini e’lon qildi

Kiritildi: 12:01 21.11.2023. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!