Germaniyaning federal konstitusiyani himoya qilish idorasiga (BfV) yangi rahbar tayinlandi. 53 yoshli Sinan Selen mazkur lavozimga tayinlanadi. U 1972 yilda Istambulda tug‘ilgan va Kyoln universitetida huquqshunoslik bo‘yicha tahsil olgan. Sinan Selen ichki va sud siyosatlari sohasida mutaxassis bo‘lib, ilgari Germaniya ichki ishlar vazirligi va federal jinoyat ishlari idorasida faoliyat yuritgan. 2019 yildan buyon u BfV vise-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan.
Ushbu tayinlash federal konstitusiyani himoya qilish idorasining 75 yilligi munosabati bilan amalga oshirilmoqda. Ilgari ushbu idora rahbari bo‘lgan Tomas Xaldenvang 2024 yil oxirida lavozimdan ketib, Bundestagga saylanishga harakat qilgan, ammo muvaffaqiyatga erishmagan.
BfV Germaniya ichki xavfsizligi va kontrrazvedka xizmati bo‘lib, ichki ishlar vazirligiga bo‘ysunadi. Idoraning asosiy vazifalari — demokratik tartibga tahdid soluvchi tashkilotlarni kuzatish, kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish, sabotajdan himoya qilish va maxfiy ma’lumotlarni saqlashdir. 2022 yilda idorada 4286 xodim ishlagan va uning byudjeti 440 million yevroni tashkil etgan.